AsosiyJamiyat

Joriy yilda ichimlik suvidan qarz boʻlgan 53,5 ming isteʼmolchi tarmoqdan uzildi

Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar ortidan 76 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

'Joriy yilda ichimlik suvidan qarz boʻlgan 53,5 ming isteʼmolchi tarmoqdan uzildi'ning rasmi

Joriy yil boshidan beri O‘zbekistonda ichimlik suvidan qarzdor bo‘lgan 53,5 ming iste’molchi suv ta’minoti tarmog‘idan uzilgan. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJning maxsus matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning o‘tgan davrida 3 899 ta noqonuniy ulanish holati aniqlangan va bu holatlar korxonaga 76,2 milliard so‘mlik moddiy zarar yetkazgan. Hozirgacha shundan 29,9 milliard so‘m qoplangan.

Shu bilan birga, 103,3 ming iste’molchiga nisbatan umumiy qiymati 332,2 milliard so‘m bo‘lgan qarzdorlikka oid da’volar sudlarga yuborilgan. Olib borilgan choralar tufayli debitor qarzdorliklar 146,4 milliard so‘mga (14 foiz) kamaygan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:30

    'Ўзбекистонда зилзила содир бўлди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    Ўзбекистонда зилзила содир бўлди

    Avvalroq, Afgʻonistonda zilzila sodir boʻlgandi va u Oʻzbekiston hududiga ham sezilgandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.09.2025 21:56

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.09.2025 21:28

    'Norin daryosida "birinchi milli GES" ishga tushirildi'ning rasmi

    Jamiyat 16.09.2025 19:54

    Norin daryosida "birinchi milli GES" ishga tushirildi

    Oʻzbekistonda toʻliq mahalliy mahsulot va uskunalar asosida qurilgan ilk gidroelektr stansiya ish boshladi.

    'Taniqli rejissyor Botir Bozarboyev 70 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 16.09.2025 17:10

    Taniqli rejissyor Botir Bozarboyev 70 yoshida vafot etdi

    Bu haqda uning qizi Shahnaza Joldasova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi.