AsosiyJamiyat

Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı

Ularning 32 nafari jarimaga, 2 nafari esa maʼmuriy qamoqqa olingan.

'Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı'ning rasmi

Oliy sud matbuot kotibi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2025 yilning olti oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) asosan 34 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan.

Ular orasida 32 nafari jarimaga tortilgan bo‘lsa, yana 2 nafari 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolangan.

2020–2024 yillar davomida ushbu modda bilan 397 kishi javobgarlikka tortilgan: 363 nafari jarima, 34 nafari esa ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Qonunchilikka ko‘ra, hayvonlarga ataylab azob berish yoki qiynoqqa solish eng kam oylik ish haqining 3–5 baravarigacha miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.

Agar bunday harakatlar takrorlansa yoki voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilsa, jarima miqdori yanada oshadi yoki ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan boshlab bu turdagi huquqbuzarliklarga nisbatan jazo kuchaytirilgan. Jinoyat kodeksida esa bunday holatlar hayvonlarning o‘limi yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, jinoyiy javobgarlik ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Buxoroda tor qafasda saqlanayotgan ayiq masalasi jamoatchilik e’tiboriga tushgach, u kattaroq joyga ko‘chirilgandi. Faollar aytishicha, hayvon 10 kundan ortiq noqulay sharoitda saqlangan.

    Boshqa yangiliklar