AsosiySiyosat

Prezident Namangana boradi

Davlat rahbari viloyatga ikki kun safar qiladi.

'Prezident Namangana boradi'ning rasmi

Bugun, 16 sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Ikki kunlik safar dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va ijtimoiy sohada isga tushirilgan yangi ob’ektlar bilan tanishish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish o‘rin olgan.

Shuningdek, davlat rahbari “Qashshoqlikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanining Chimyon mahallasida barpo etilayotgan agrosanoat bog‘ini borib ko‘rgandi.

    Boshqa yangiliklar