AsosiyJamiyat

MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi

"Dok-1 Maks" ishi doirasida 3,2 milliondan ortiq xavfli dori vositalari yo‘q qilinmoqda.

'MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ijro varaqasiga asosan, "Quramax Medical" MChJ omborxonalari va bojxona omborlarida saqlanayotgan 3 million 200 ming donadan ortiq dori vositalarini yo‘q qilishga kirishdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu dorilar orasida O‘zbekistonda kamida 68 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan "Dok-1 Maks" sirupi ham bor.

Jumladan, quyidagilar yo‘q qilinadi:

- 811 478 dona "Dok-1 Maks" tabletkasi;

- 101 669 shisha "Dok-1 Maks" sirupi;

- 2 252 796 ta "Ambronol" tabletkasi;

- 56 672 shisha "Ambronol" sirupi.

Tadbir huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda holislar ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Dori vositalari ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda maxsus pechda yoqish orqali yo‘q qilinadi, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:34

    Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i

    Toshkent viloyatida "erkaklar kiyim do‘koni" niqobi ostida fuqarolarni aldab, 100 milliondan ortiq pul ishlagan "uddaburonlar" qo‘lga tushdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    'Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:04

    Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    13 sentyabr kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

    'Markaziy bank 9 ta bankka nisbatan sanksiya qo‘llagani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 21:42

    Markaziy bank 9 ta bankka nisbatan sanksiya qo‘llagani aytildi

    Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 51 ta masala koʻrib chiqildi.

    'O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari  12,1 mlrd dollarni tashkil etdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 17:51

    O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari  12,1 mlrd dollarni tashkil etdi

    Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.

    'Xorazmda 2 mlrd 400 mln dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 17:38

    Xorazmda 2 mlrd 400 mln dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan

    Prezidentga Xorazm viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi.