AsosiyDunyo

HAMAS Quddusdagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Отишмада 6 киши ҳалок бўлди.

'HAMAS Quddusdagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi'ning rasmi

HAMASning harbiy qanoti — “al-Qassam brigadalari” 8-sentabr kuni Quddus chekkasidagi avtobus bekatida sodir boʻlgan hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Otishma oqibatida olti kishi halok boʻlgan, hujumchilarning oʻzi esa oʻldirilgan.

Shu kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu voqea joyiga tashrif buyurib, hujumchilar Iordan daryosining Gʻarbiy sohilidan kelganini maʼlum qildi. Unga koʻra, Isroil armiyasi hozirda terrorchilar chiqqan qishloqlarni qurshab olmoqda.

HAMAS dastlab hujumni “bosqinchi rejim jinoyatlariga javob” deb atagan, biroq bevosita oʻz masʼuliyatini tan olmagan edi. Falastin milliy maʼmuriyati esa hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

    Boshqa yangiliklar