Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining ikki nafar o‘rinbosari fermer xo‘jaligidan soxta eksport operatsiyasi orqali 65 mln so‘m pora talab qilgani aniqlandi.
Ularning biri 25 mln so‘mni olgan, ikkinchisi esa qolgan qismini qabul qilayotganda ushlangan. Toshkent shahrida esa Sergeli tumanida yer maydoni maqsadini o‘zgartirish va ko‘p qavatli uy qurish uchun 900 ming dollar talab qilingan. S
haxslardan biri oldindan 220 ming dollarni olgan vaqtda qo‘lga olindi. Qashqadaryo viloyatida “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi raisi o‘rinbosari 20 mln so‘m pora bilan ushlandi.
U ayrimlardan haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib berishni va’da qilgan. Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.