Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlar Texas universitetida ilmiy-amaliy faoliyat olib borish imkoniyatiga ega boʻladi. Stajirovka dasturi doirasida ilmiy izlanishlar, laboratoriya ishlari va tajriba almashinuvi kabi yoʻnalishlar koʻzda tutilgan.
Hujjatlarning 2025 yil 15-oktabr soat 23:55 gacha internship.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Shuningdek, boshqa elektron manzillar (edo.ijro.uz, exat va boshqalar) orqali yuborilgan arizalar koʻrib chiqilmasligi qatʼiy taʼkidlangan.
Eslatib oʻtamiz, ushbu tashabbus Oʻzbekistonnning innovatsion salohiyatini oshirish va yosh olimlarni xalqaro tajribaga ega boʻlishiga zamin yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.