7 sentabr kuni AQShda noqonuniy yashab kelayotgan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, mazkur deportatsiya AQSh chegarа xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan uzluksiz chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilgan.
“Qo‘shma Shtatlar noqonuniy immigratsiyaga barham berish, chegaralar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qat’iy bel bog‘lagan. Mamlakatga noqonuniy kirganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Ma’lumotda qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati usbu jarayonlarni amalga oshirishda AQSh bilan yaqin hamkorlik qilmоqda.
Avvalroq, joriy yil aprel oyida Nyu-Yorkdan Toshkentga 131 nafar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari deportatsiya qilingan edi.