AsosiyJamiyat

Olmazorada uch avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Lacetti va Tracker avtomashinalari ishtirokidagi toʻqnashuvda bir haydovchi shifokorlar yordamini oldi.

'Olmazorada uch avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

2025 yil 5 sentyabr kuni soat 23:00 larda Toshkent shahrining Olmazor tumanida, TXAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita Lacetti va bitta Tracker rusumli avtomobillar o‘zaro to‘qnashgan.

YTH natijasida Tracker haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHHB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar