AsosiyDunyo

Odamlar nima uchun xabar o'qimayapti?

Dunyoda yangilik o‘qiyotganlar soni keskin kamaydi.

'Odamlar nima uchun xabar o'qimayapti?'ning rasmi

Dunyo bo‘yicha ko‘plab insonlar yangiliklarni o‘qishdan ataylab voz kechmoqda. Bugun bunday qilayotganlar soni respondentlar orasida rekord darajaga – 40 foizga etgan. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 29 foizdan oshmagan. Bu haqda Oksford universiteti qoshidagi Reuters jurnalistikani o‘rganish instituti tadqiqot o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilgan, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra ko‘pchilik yangiliklardan voz kechish sababini kayfiyatga salbiy ta’siri, uzluksiz xabar oqimidan charchash, urushlar va falokatlarga ortiqcha e’tibor qaratilishi hamda voqealarga ta’sir qila olmaslikdan kelib chiqadigan ojizlik hissi bilan izohlagan.

Tadqiqot ishtirokchilaridan biri Mardett Berr 8 yil avval yangiliklarni o‘qishni bas qilganini, shundan beri doimiy xavotir hissi yo‘qolib, uyqusi yaxshilanganini aytgan. Britaniyalik Julian Berret esa pandemiya davrida ataylab axborot maydonini tark etgan. U barcha OAV ilovalarini o‘chirib tashlagan va hatto Redditdagi yangiliklardan voz kechishning ijobiy hamda salbiy tomonlarini muhokama qiladigan guruh ham ochgan.

“Shunga qaramay, hamma foydalanuvchilar ham bunday keskin qadamga tayyor emas. Ayrimlari faqat sarlavhalarni ko‘rish bilan chegaralana, boshqalari esa diqqat bilan tanlab olingan OAVga obuna bo‘lib, haftasiga bir marta umumiy ma’lumotlarni o‘qiydi”, deyiladi xabarda.

Tadqiqot hammualliflari va “Yangiliklardan qochish” kitobi mualliflarning qayd etishicha, yangiliklardan qochish odatda yoshlar, ayollar va past ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlar orasida ko‘proq uchraydi. Bundan tashqari, bu ko‘rsatkich mamlakatga ham bog‘liq. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 foiz, AQShda esa 42 foiz fuqarolar yangiliklardan qochmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:53

    Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi

    Avvalroq Oq uy rahbari “mudofaa so‘zi juda himoyaviy eshitilishi”ni aytgandi.

    'Kongoda yanggi virus tarqalmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:15

    Kongoda yanggi virus tarqalmoqda

    Kasalxonalarda 28 nafar bemor virus bilan kasallanganlikda gumon qilinib, ulardan 15 kishi vafot etgan.

    'Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:12

    Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda

    2024 yilda oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi.

    'Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:07

    Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"

    Fridrix Mers Yevropaning global siyosatda o‘z rolini yetarlicha bajarayotganini tan oldi va Yevropa davlatlarini kuchliroq pozitsiya egallashga chaqirdi.

    'Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 16:05

    Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi

    Baydenning matbuot kotibining ma'lumotiga ko'ra, operatsiyada "Moos" usuli qo'llangan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 15:04