AsosiyDunyo

Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojları joriy qilindi

Ushbu o'zgartirishlar Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksiga kiritilgan bo'lib, 1-sentyabrdan e'tiboran kuchga kirdi.

'Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojları joriy qilindi'ning rasmi

Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etildi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyada 1 sentyabrdan boshlab qo‘shimcha davlat bojlari joriy qilingan bo‘lib, bularga  ro‘yxatdan o‘tkazish, migratsiya hisobi va mehnat faoliyatiga ruxsat berish bilan bog‘liq to‘lovlar ham kiradi.

Bular orasida chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga patent berish yoxud qayta rasmiylashtirish uchun 4200 rubl, ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun 4200 rubl boj mavjud.

Shuningdek, ishlash uchun ruxsatnoma dublikatini berish, migrant yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ishlash uchun ruxsatnomasidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki patent dublikatini berish uchun 2100 rubl miqdorida boj belgilangan.

Chet ellik xodimlarni jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar dublikatlarini berish, shuningdek ularga o‘zgartirishlar kiritish uchun 2100 rubl, chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish uchun 1000 rubl va turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish uchun 500 rubl miqdorida davlat boji joriy etilgan.

Ta’kidlanishicha, hukumat davlat bojlarining yangilanishi migrantlarning o‘zlarini ham hujjatlarga va ularning amal qilish muddatlariga yanada mas’uliyatliroq yondashishga undashini kutmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:45

    'Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:40

    Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi

    Yangiyoʻlda faoliyat yuritgan sex noqonuniy tarzda elektr tarmogʻiga ulanib, davlatga yirik zarar yetkazgan.

    'Trump Hindiston bilan aloqalarni sovitarkan, Modi Xitoy va Rossiyaga yaqinlashmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:02

    Trump Hindiston bilan aloqalarni sovitarkan, Modi Xitoy va Rossiyaga yaqinlashmoqda

    Modi Putindan koʻmak izlab, AQSHga signal yubormoqda – Xitoyda oʻtgan sammitda siyosiy muvozanat oʻzgarayotganiga guvoh boʻlindi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:39

    'Angliya hukumati 16 yoshga to'lmaganlar uchun energetik ichimliklarni ta'qiqlamoqchi'ning rasmi

    Dunyo 03.09.2025 19:12

    Angliya hukumati 16 yoshga to'lmaganlar uchun energetik ichimliklarni ta'qiqlamoqchi

    Aksariyat supermarketlar allaqachon ixtiyoriy taqiqni joriy etgan.