AsosiyDunyo

USAID rasman yopildimi?

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi faoliyati tugatilganini rasman e'lon qildi.

'USAID rasman yopildimi?'ning rasmi

Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Rubioning aytishicha, USAIDning asosiy dasturlari Davlat departamenti tasarrufiga o‘tkazilgach, agentlikni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Agentlikni tugatish jarayonini Byudjet va boshqaruv boshqarmasi direktori Rassel Vout boshqaradi.

Rubio postida shunday yozdi: “Prezident Trump bilan suhbatda men hazillashib, to‘rtta ishim borligini aytdim. U esa menga: ‘Ulardan birini do‘stim Rassel Voutga ber’, dedi”.

Davlat kotibi USAID yopilishi orqali 2025 yilning yanvaridan boshlab amerikalik soliq to‘lovchilar uchun o‘nlab milliard dollar mablag‘ tejalgani haqida ham aytdi.

Avvalroq Ilon Mask — prezident Trump tomonidan byudjet xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha komissiya rahbari etib tayinlangan — USAIDni tugatish ustida ishlayotganini bildirgan edi. Mart oyida agentlik dasturlarining 80 foizdan ortigi rasman to‘xtatilgani e’lon qilingan.

Shuningdek, USAID rahbariyati xodimlarga bosh ofisda saqlanayotgan barcha maxfiy hujjatlarni yo‘q qilishni buyurgani aytilmog‘da. Bu qaror AQSh Senatida savollar va sud ishlariga sabab bo‘lgan.

USAIDning yopilishi AQShning xalqaro yordam siyosatida muhim burilish sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump o‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 30.08.2025 15:12

    Trump o‘lgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda AQSH prezidenti Donald Trump vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

    'Dubayda narkotik xarid qilgan afrikalik erkak 10 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo 29.08.2025 18:42

    Dubayda narkotik xarid qilgan afrikalik erkak 10 yilga qamaldi

    Fuqaro nomalum dilerdan turli hil giyohvand moddalarni raqamli valyutada xarid qilgan.

    'Hindistonda tug'ilish darajasi pasaydimi?'ning rasmi

    Dunyo 29.08.2025 17:33

    Hindistonda tug'ilish darajasi pasaydimi?

    Hind oilalariga kamida 3 nafar farzandli boʻlish taklifi berildi.

    'Yevropada rekord darajadagi o'rmon yong'inlari kuzatildi'ning rasmi

    Dunyo 29.08.2025 16:53

    Yevropada rekord darajadagi o'rmon yong'inlari kuzatildi

    2025 yilda Evropa Ittifoqi hududida 1 million gektardan ortiq o'rmon yonib ketdi. Bu raqam o'tgan yilgidan to'rt baravar ko'p.

    'Frantsiyada rezervchilar soni keskin ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 29.08.2025 15:58

    Frantsiyada rezervchilar soni keskin ortmoqda

    So'nggi o'n yillikda Fransiyada harbiy rezervchilar soni ikki baravar oshdi.