AsosiyJamiyat

Бу йилги пахта терими нархлари эълон қилинди

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 1 kg paxta uchun 2 000 so‘m tavsiyaviy narx belgilangan.

'Бу йилги пахта терими нархлари эълон қилинди'ning rasmi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu yilgi yig‘im-terim mavsumida terilgan 1 kilogramm paxta uchun qanchadan to‘lanishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mashina yordamida terilgan paxta uchun – 1 373 so‘m; qo‘l mehnati bilan terilgan paxta uchun – 2 000 so‘m tavsiyaviy narx belgilandi.

Qo‘shimcha qilinishicha, terim vaqtida klaster, fermer xo‘jaligi rahbarlari va terimchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida terim narxi mustaqil belgilash amaliyoti ham qo‘llanishi mumkin.

“Paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash maqsadida davlat byudjeti hisobidan 1 kilogramm paxta uchun 1 000 so‘m subsidiya ajratiladi.

Ushbu tartib paxta yetishtiruvchilar manfaatini himoya qilish, terimchilar mehnatini rag‘batlantirish va agrar sohada barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan“, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan "1 kg – 1 800 so‘m" haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanmaganligi ta’kidlab o‘tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Tashabbusli byudjet”da 3,2 trln so‘mlik 2,3 mingdan ortiq loyiha g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:24

    “Tashabbusli byudjet”da 3,2 trln so‘mlik 2,3 mingdan ortiq loyiha g‘olib bo‘ldi

    Jarayon davomida butun mamlakat bo‘yicha 11 milliondan ortiq ovoz berildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 31.08.2025 21:23

    ''ning rasmi

    Jamiyat 31.08.2025 20:23

    'Bayram munosabati bilan poytaxtning ayrim koʻchalari harakat vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

    Jamiyat 31.08.2025 17:56

    Bayram munosabati bilan poytaxtning ayrim koʻchalari harakat vaqtincha cheklanadi

    Toshkent shahar IIBB harakat vaqtincha cheklanadigan ko'chalar nomini e'lon qildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 31.08.2025 16:59

    'Magistraturaga qabul natijalari e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 31.08.2025 15:48

    Magistraturaga qabul natijalari e'lon qilindi

    Бу ҳақда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги хабар берди.