Yangi tartibga ko‘ra, 14 yoshdan kichik qizlar boshiga ro‘mol o‘rashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoidaga amal qilinmasa, tegishli choralar ko‘riladi.
Avstriya yoshlar ishlari vaziri Claudia Plakolmnig ta'kidlashicha, bu taqiq diniy e'tiqodga qarshi emas, balki yosh qizlar uchun ro‘mol majburiy bo‘lmasligi kerakligi haqida.
Uning aytishicha, islom dinida ham bu yoshdagil qizlar uchun bunday talab mavjud emas.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, zarur holatlarda qizlarga psixologik yordam ko‘rsatiladi, shuningdek, ota-onalar bilan tushuntiruv ishlari olib boriladi.