AsosiyDunyo

Zelenskiy: Rossiya muzokaralarga tayyor emas, urushni davom ettirish niyatida

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan hali-hanuz muzokaralar tarafdori bo‘lgan hech qanday ijobiy ishora yo‘qligini taʼkidladi.

'Zelenskiy: Rossiya muzokaralarga tayyor emas, urushni davom ettirish niyatida'ning rasmi

“Ular uchrashuvlar va keyingi voqealarqa doir salbiy signal berishda davom etmoqda. Har kuni shaharu qishloqlarimizga zarba berilmoqda, qurbonlar soni ortmoqda”, — deydi Zelenskiy.

Unga ko‘ra, G‘arb davlatlari bunday agressiyaga qarshi Rossiyaga bosimni kuchaytirishi kerak.

Ukraina esa AQSh, Yevropa va “istak bildirgan davlatlar koalitsiyasi” bilan xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.

Zelenskiy yetakchilar uchrashuvi uchun aniq format va muddatlar belgilanadigan vaqt kelganini ham qo‘shimcha qildi.

    Boshqa yangiliklar