AsosiyDunyo

Qozogʻistonda AES qurishga qarshi chiqqan 5 nafar fuqaro ozodlikdan mahrum etildi

Faollar o‘tgan yilning 6 oktyabrida AES bo‘yicha ovoz berish kuni tartibsizliklar uyushtirmoqchi bo‘lganlikda ayblangan.

'Qozogʻistonda AES qurishga qarshi chiqqan 5 nafar fuqaro ozodlikdan mahrum etildi'ning rasmi

Qozogʻistonning Olmaota shahridagi sudda mamlakatda atom elekt stansiyasi (AES) qurilishiga qarshi chiqqan besh nafar faol – Aydar Muborakov, Nurlan Jaulibaev, Foziljon Sidiqov, Nurlan Temirgʻaliev va Janat Qozoqboyning har biriga 4 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Qoztag” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, avval prokuratura ularni 5 yil koloniyaga yuborishni talab qilgan. Faollar oʻtgan yilning 6 oktyabrida AES boʻyicha ovoz berish kuni tartibsizliklar uyushtirmoqchi boʻlganlikda ayblangan.

Tergovga koʻra, ularni kuch ishlatish, yongʻin chiqazish, mol-mulkni yoʻq qilish, qurol va portlovchi moddalar qoʻllash orqali hokimiyatga qarshi qurolli qarshilik koʻrsatishni rejalashtirgan.

Ayblanuvchilar esa buni inkor etib, faqat AES qurilishiga qarshi fikr bildirganini, qoʻzgʻolon uyushtirish niyatida boʻlmaganini aytgan. Ularning advokatlari ham kuch ishlatar idoralar daʼvosini tasdiqlovchi dalillar yoʻqligini qayd etgan.

Sudya hukmni eʼlon qilgach, sud zalida yigʻilganlar faollarga olqishlar yogʻdirgan.

    Boshqa yangiliklar