AsosiyJamiyat

Поранг эвазига ўқишга киритишни ваъда қилган “уддабуронлар” қўлга тушди

Ўзбекистоннинг бир нечта ҳудудида фуқароларнинг ишончига кириб, пулларини олган шахслар қўлга олинди.

'Поранг эвазига ўқишга киритишни ваъда қилган “уддабуронлар” қўлга тушди'ning rasmi

O‘qishga kirittib qo‘yish va’dasi bilan pul olish hollari Toshkent, Buxoro va Piskentda qayd etildi. Jumladan, Ohangaronda nodavlat OTM bo‘lim boshlig‘i 4 nafar fuqaro har biridan 1 000 dollar olib, 3-kursga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan va pul olayotganda ushlangan.

 Buxoroda esa fuqaro A.I. boshqa bir kishining ishonchiga kirib, uni Qirg‘izistonda o‘qigan deb hujjat yasatgan va Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga o‘tkazib berishini aytib, 3 000 dollar olayotganda qo‘lga tushgan.

 Piskentda esa ikki fuqaro Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirittib qo‘yishni va’da qilib, 2 000 dollar olayotganda ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berishga oid moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar