AsosiyJinoyat

Surxondaryo va Farg‘onada mansabdorlar qo‘lga olindi

Suv va elektr tizimida pora evaziga noqonuniy xizmat ko‘rsatganlar fosh etildi.

'Surxondaryo va Farg‘onada mansabdorlar qo‘lga olindi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Oltinsoy tuman bo‘limi rahbari va tuman suv ta’minoti muhandisi 5 million so‘m evaziga qarzdor fermer xo‘jaligini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishga kelishgan.

Farg‘onada esa O‘zbekiston tumani Xalq qabulxonasi xodimi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroning kredit qarzdorligi bilan bog‘liq ijro hujjatini tanishlari orqali yo‘q qilib berish evaziga pora olgan.

Har ikki holatda ham DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda gumondorlar pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmog‘da.

    Boshqa yangiliklar