AsosiyDunyo

Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni kamaytirmayapti

Yevropa Ittifoqi 2025 yilning dastlabki olti oyida Rossiyadan 4,48 milliard yevrolik suyultirilgan tabiiy gaz (SPG) xarid qilgan.

'Yevropa Rossiyadan gaz sotib olishni kamaytirmayapti'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi 2025 yilning dastlabki olti oyida Rossiyadan 4,48 milliard yevrolik suyultirilgan tabiiy gaz (SPG) xarid qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb milliard yevroga ko‘p, deya ma’lum qildi Eurostat.

Umuman olganda, Yevropa shu yarim yillikda 26,9 milliard yevrolik SPG import qilgan, uning katta qismi AQShdan etib kelgan — 13,7 milliard yevro miqdorida.

Rossiyadan kelayotgan gaz esa dengiz tankerlarida tashiladi. Unga qarshi sanksiya qo‘yilmagan va uni asosan Ispaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda Belgiya xarid qilmoqda.

Avstriya, Polsha va Baltikbo‘yi davlatlari esa Rossiya gazidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan.

    Boshqa yangiliklar