Rossiyada "Elastik" porox zavodida portlash yuz berdi, natijada 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RBK ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, portlash 15 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida bino to‘liq vayron bo‘lgan.
Yong‘in keyinchalik trotil saqlanadigan omborga hamda 152 millimetr kalibrli o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan ikkinchi sexga ham o‘tgan. Umumiy hisobda tort bino butunlay vayron bo‘lgan.
Portlash sababi hozircha noma’lum. Voqea bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 217-moddasi 3-qismi (xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi talablarini buzish oqibatida odamlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zgatilgan.
Halok bo‘lganlardan tashqari, 154 kishi jarohat olgan, ulardan 31 nafar bemor Ryazan va Moskva shifoxonalarida davolanmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, vayron bo‘lgan 3000 kvadrat metr maydonning yarmi tozalangan. Itlar yordamida barcha binolarda tirik qolganlarni izlash ishlari olib borilgan.