Bugun, 15-avgust, Pokistonda kuchli musson yomg‘iri sababli kamida 160 kishi vafot etgan. Halok bo‘lganlarning 110 nafari tog‘li Hayber-Paxtunxva viloyatida yashagan. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.
Pokiston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili so‘zlariga ko‘ra, sel va ko‘chkinlar sababli Hayber-Paxtunxva viloyatining o‘zida 110 kishining halok bo‘lgani va 60 kishining jarohat olgani aniqlandi. Oqibatda Buner, Bajaur, Mansehra va Battagram tumanlari falokat yuz berishi mumkin bo‘lgan hududlar sifatida e’lon qilingan.
Agenss Franss-Presse’ning tasvirlarida Bajaur tumani, Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda, odamlar loy bosgan tepalikni kovlayotgani aks etgan. Yaqin atrofdagi dala maydonida janaza namozlari boshlanganligi va odamlar motam tutayotgani ko‘ringan.
Pokiston meteorologiya xizmati shimoli-g‘arbiy hududlar uchun kuchli yomg‘ir xavfi haqida ogohlantirish bergan. Aholi xavfli hududlarga ortiqcha chiqmaslikka chaqirilgan. Hindiston nazoratidagi Kashmirda esa qutqaruvchilar loy va vayronalar orasidan jasadlarni olib chiqmoqda.