Rossiyaning Ryazan viloyatidagi “Elastik” zavodining qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bo‘limida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Ryazan tezkor guruhi xabar berdi.
Unga ko‘ra, kamida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Jabrlanganlar orasida korxona ishchilari va voqea joyida bo‘lgan texnik xodimlar ham bor.
Portlash juda kuchli bo‘lib, ovoz bir necha kilometr masofadan eshitilgan. Yong‘in xavfsizlik xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan, ammo yong‘in yuqori harorat va portlovchi moddalar tufayli tez tarqalgan. Hozircha yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Bu zavodda avval ham katta falokatlar yuz bergan. 2021 yilida texnologik jarayon buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan portlashda 17 kishi halok bo‘lgan va ko‘plab ishchilar jarohatlangan.
Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyat ishi ko‘zgatgan. Asosiy sabab texnologik intizomning buzilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi yoki inson omili bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Mutaxassislar portlash sabablari va zarar miqdorini aniqlamoqda.