AsosiyJamiyat

AQSh va Turkiyada ushlangan, Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonliklar Toshkentga keltirildi

Ular soliqdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa jinoyatlar bo‘yicha qidiruvga berilgan.

'AQSh va Turkiyada ushlangan, Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonliklar Toshkentga keltirildi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Turkiya huquq-tartibot organlari, shuningdek, mazkur mamlakatlarning Interpol Milliy Markaziy byurovirlari bilan oʻtkazilgan muzokaralar, qoʻshma tezkor tadbirlar va axborot almashinuvi natijasida qidiruvdagi shaxslarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Ish doirasida AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari hamrohligida ikki nafar shaxs Nyu-Yorkdan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan.

Yana ikki nafar fuqaro Istanbuldan chiqarib yuborilib, Toshkentga yetkazilgach, tergov harakatlarini oʻtkazish uchun tegishli organlarga topshirilgan.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, mazkur shaxslar soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, oʻta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa qonunbuzarliklarda gumon qilinib, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan edi. Shaxslarning aniq maʼlumotlari oshkor etilmagan.

IIV chet elda yashirinib yurgan qidiruvdagilarni aniq

    Boshqa yangiliklar