Bugun, 13 avgust kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:07 da hodisa joyiga yetib borib, soat 13:08 da yong‘in qurshab olingan va soat 13:16 da o‘chirilgan.
Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan. Hozirda chaqnash sababi va zarari aniqdanmoqda.