AsosiyJamiyat

Farg‘onada ayol o‘qituvchi xorijiy til sertifikati yo‘qligi sabab o‘zini osib o‘ldirgani aytildi

Viloyat maktabg‘acha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

'Farg‘onada ayol o‘qituvchi xorijiy til sertifikati yo‘qligi sabab o‘zini osib o‘ldirgani aytildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ayol o‘qituvchi xorijiy til sertifikati yo‘qligi ortidan qilingan qattiq bosim tufayli o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Boshqarmaning yozishicha, ushbu mazmunda tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘rganish jarayonida Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mazkur holat aniqdanmagan.

Tarqalgan xabarlarda ayolga chet tilidan B2 sertifikati yo‘qligi uchun ishdan bo‘shatish aytilib, unga qattiq bosim bo‘lgani ta’kidlangan edi. Boshqarma buni rad etdi.

    Boshqa yangiliklar