Tailand prokuraturasi Bangkokdagi 30 qavatli ofis minorasining qulashi bo‘yicha 23 shaxs va kompaniyaga, jumladan, mashhur qurilish oligarxi va Xitoyning yirik davlat korporatsiyasiga rasmiy ayblov e’lon qildi. Bu haqda Nation Tailand nashri xabar berdi.
Ayblanuvchilar orasida mamlakatdagi eng katta qurilish firmalaridan biri — Italyan-Thai Development kompaniyasi rahbari Premchai Karnasuta va Xitoyning China Railway korporatsiyasi ham bor. Ular qurilish standartlarini buzish va rasmiy hujjatlarni soxtalashtirishda gumon qilinmoqda.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, minoraning qulashiga loyiha va qurilish bosqichlaridagi yirik kamchiliklar sabab bo‘lgan. Shuningdek, ishlatilgan materiallar sifatida hamda texnologik jarayonlar talablarga javob bermagani aniqlandi.
Ma’lumki, 2025 yil 28 mart kuni Myanmada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida Bangkokdagi Milliy audit idorasining qurilayotgan minorasi cho‘kib tushgan edi. Voqea natijasida 92 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 9 nafar odam jarohatlangan, 4 ishchi esa haligacha bedarak hisoblanadi.
Qulagan minora qurilishining bor-yo‘g‘i 30 foizi yakunlangan bo‘lib, zilziladan zarar ko‘rgan Tailanddagi yagona inshoot edi. Bu holat mamakat tarixidagi eng fojiali tuzilmaviy qulashlardan biri sifatida qayd etildi.