AsosiyDunyo

Keniyadagi avtohalokatda 25 kishi vafot etdi

Qurbonlar dafn marosimiga borayotgan maktab avtobusidagi yo‘lovchilar bo‘lgani aytildi.

'Keniyadagi avtohalokatda 25 kishi vafot etdi'ning rasmi

Kenyaning g‘arbidagi Kisumu viloyatida 8 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 25 kishi vafot etdi.

Nyanza viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Peter Maynaning ma’lum qilishicha, qurbonlar dafn marosimiga borayotgan maktab avtobusidagi yo‘lovchilar bo‘lgan. Transport vositasi Kisumu aylanma yo‘lida halokatga uchragan va ag‘darilgan.

Maynaning aytishicha, AIC Naki High School maktabiga tegishli avtobus mahalliy vaqt bilan soat 17:00 atrofida Kakamegadan Kisumu tomon ketayotganda falokat yuz bergan.

Ta’kidlanishicha, haydovchi aylanma yo‘lga yaqinlashganda yuqori tezlikda transport vositasini boshqara olmay qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ariqqa quilib tushgan.

“Halok bo‘lganlar orasida 10 nafar ayol, 10 nafar erkak va bir nafar sakkiz oylik qizaloq bor. Avariya sabablari hozirda o‘rganilmoqda”, dedi Peter Mayna voqea joyida jurnalistlarga.

Shuningdek, u besh kishi og‘ir tan jarohati olib, davolanayotganini, yana 15 kishi, jumladan bir bola yengil jarohatlanganini qo‘shimcha qilgan.

Kenya va butun Sharqiy Afrika mintaqasida yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchraydi. Bu hududlarda yo‘llar asosan tor, yo‘l qoplama yomon ahvolda va ko‘plab chuqurlarga ega.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘pincha haydovchilarni tezlik oshirishda ayblashadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyada kimyoviy qurollarni yoʻq qilish istiqbollarini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:33

    BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyada kimyoviy qurollarni yoʻq qilish istiqbollarini muhokama qildi

    Bu haqda BMTning Qurolsizlanish masalalari boʻyicha Oliy vakili Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida gapirdi.

    'Bangkokda 30 qavatli bino quyildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:41

    Bangkokda 30 qavatli bino quyildi

    Hodisa oqibatida 92 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 9 nafar odam jarohatlangan va 4 ishchi bedarak yo‘qolgan.

    'Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandining ko‘z o‘ngida bog‘ib o‘ldirdi'ning rasmi

    Dunyo 09.08.2025 18:11

    Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandining ko‘z o‘ngida bog‘ib o‘ldirdi

    Voqea guvohi bo‘lgan bolalar politsiya himoyasiga olingan va xavfsiz joyga joylashtirilgan.

    'Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi'ning rasmi

    Dunyo 09.08.2025 10:28

    Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi

    Tinchlik kelishuvi AQSh vositasichiligida Oq uy qarorgohida imzolandi.

    'Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 09.08.2025 09:50

    Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi

    AQSh va Rossiya yetakchilari 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishi kutilmoqda.

    'Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 18:20

    Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi

    Holat ortidan 30 dan ortig‘i fuqaro bedarak yo‘qolgan.