Buxoroda byudjet mablag‘lari evaziga “otkat” olishga uringan bosh hisobchi va uning o‘rinbosari ushlangan. Bu haqda DXX ning axborot xizmati Darakchi.uz ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Romitan tumanida kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Bosh hisobchi o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib ko‘rsatib, ya’ni har bir choyshabni 90 ming so‘mdan emas, balki 190 ming so‘mdan hisoblab, umumiy xarajatlar summasini 76 million so‘m qilib ko‘rsatadi.
Ortiqcha hisoblangan 40 million so‘m “otkat”ni MChJ ish yurituvchisidan talab qiladi.
DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJKK Departamenti o‘tkazgan tezkor tadbirda ular oldidan 32 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Amaldor va yordamchisiga nisbatan JKning 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.