Ogaya shtati olimlari AQSH dagi 66 ta hudud aholisi va ularning salomatligini tahlil qildi. Bu haqda “Environmental Research” (EnviRes) jurnalida e’lon qilingan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, dengiz va okean hududlarida yashovchi aholining umr ko‘rish davomiyligi mamlakatning ichki hududlaridagi yashovchi odamlarga qaraganda o‘rtacha bir yilga ko‘proq umr ko‘rishi kuzatilgan.
Mazkur jarayon iqlim, daromad darajasi, urbanizatsiya, havo sifati va transport infratuzilmasi kabi omillar hisobiga bog‘liq.
Ammo daryo va ko‘llar, ayniqsa shahardagi ushbu hududlar atrofida yashovchi xalq orasida qarama-qarshi ko‘rsatkich kuzatilgan. Ularning umr davomiyligi pastroq.
Buning asosiy sababi sifatida daryo va ko‘l bo‘ylarida uchraydigan ifloslanish, zich qurilishlar hamda ijtimoiy tengsizlik ekanligi aytilgan.