AsosiyDunyo

Amerikalik respublikachi ilk bor G‘azodagi vaziyatni “genotsid” deb atadi

Bu bayonot bilan u Isroilni shartsiz qo‘llab-quvvatlab kelayotgan o‘z partiyadoshlariga ochiq qarshi chiqdi.

'Amerikalik respublikachi ilk bor G‘azodagi vaziyatni “genotsid” deb atadi'ning rasmi

AQSH Kongressi a’zosi, respublikachi Marjori Teylor Grin G‘azodagi vaziyatni “genotsid”deb atagan ilk respublikachi bo‘ldi. Bu haqda u dushanba kuni ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida aytib o‘tdi.

“7-oktabrda Isroilda yuz bergan voqealar dahshatli edi, garovdagilar ozod qilinishi kerak. Ammo G‘azodagi genotsid, gumanitar inqiroz va ochlik ham shunchalik vahimali”, — dedi Grin.

Bu bayonot bilan u Isroilni shartsiz qo‘llab-quvvatlab kelayotgan o‘z partiyadoshlariga ochiq qarshi chiqdi.

Uning so‘zlari ayniqsa Florida shtatidan kongressmen Rendi Faynga javob sifatida baholanmoqda. Faynga o‘tgan hafta G‘azodagi och bolalar tasvirlarini “musulmonlarning terror targ‘iboti” deb atagani uchun tanqidlar yog‘ilgandi.

Marjori Grin avvalroq G‘azodagi sharoitni tanqid qilgan demokratlarni qoralashga chaqirgan edi. Endi esa o‘zi Isroilning harakatlarini tanqid qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar