AsosiyDunyo

Turkiyaning Bursa shahridan 2000 nafar aholi evakuatsiya qilindi

Bunga anomal issiq tufayli avj olayotgan o‘rmon yong‘inlari sabab bo‘ldi.

'Turkiyaning Bursa shahridan 2000 nafar aholi evakuatsiya qilindi'ning rasmi

Turkiyada anomal issiq tufayli kuchli o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in Antaliya viloyatining sharqiy qismida boshlangan va allaqachon Bursa shahridagi turar joy binolariga yaqinlashmoqda. Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, yong‘inga qarshi kurashish ishlari davom etmoqda.

Turkiyaning Bursa shahridan taxminan 2000 nafar aholi yaqinlashib kelayotgan o‘rmon yong‘inlari tufayli evakuatsiya qilindi. 

Turkiyada o‘rmon yong‘inlar bir necha haftadan beri to‘xtamayapti, mamlakatda kuzatilayotgan g‘ayrioddiy issiq ob-havo va shamol vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Turkiya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda havo harorati +50 °C dan oshgan.

    Boshqa yangiliklar