AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 22 kg.dan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Hozirda barcha gumondorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

'O‘zbekistonda 22 kg.dan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ichki ishlar va bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mamlakat bo‘ylab 22 kg 585 grammdan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Surxondaryo viloyati, Denov tumani 1987 yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan erkak yo‘lovchi sifatida ketayotgan “Cobalt” mashinasida 9 kg “gashish” moddasi bilan qo‘lga tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu modda Tojikistondan keltirilgan va sotish uchun mo‘ljallangan.

Farg‘ona viloyati. 1994 va 1988 yilda tug‘ilgan ikki fuqaro mashinada 5,8 kg “gashish” olib ketayotganida ushlangan. Ular ushbu moddani har kg uchun 89 mln so‘mdan sotishga uringanida, ularni kutib olmoqchi bo‘lgan 1997 yilda tug‘ilgan boshqa shaxs ham qo‘lga olindi. Jinoyat ortida turgan yetakchi — So‘x tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan shaxs ham ushlangan.

Namangan shahri. Avval sudlangan 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro 3,95 kg “gashish”ni 38 ming AQSH dollariga sotayotgan paytda, jinoiy sherigi bilan birga ushlandi. Uning uyidan yana 868 gramm giyohvand modda topildi.

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani 1969 va 1986 yilda tug‘ilgan ikki erkak Tojikistondan olib kelingan 1,96 kg “opiy” moddasini 200 mln so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyati. Farg‘ona va Andijon viloyatlarida yashovchi, ilgari sudlangan ikki fuqaro Tojikistondan olib kelingan 943 gramm “opiy” moddasini sotishga uringanlarida, tegishli organlar tomonidan ushlandi.

Tezkor tadbirlar davomida jamlamada 22 kg dan ziyod giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga barham berildi.

Hozirda barcha gumondorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Tergov ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda yoʻlovchilar qimmatbaho taqinchoqlarni yashirincha olib oʻtmoqchi boʻldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Buxoroda yoʻlovchilar qimmatbaho taqinchoqlarni yashirincha olib oʻtmoqchi boʻldi.

    "Olot" va "Buxoro aeroporti" chegara bojxona postlarida umumiy qiymati 501 million so‘mdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urinishlar to‘xtatildi.

    'Prezident YUNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:24

    Prezident YUNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:11

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Toshkentda 28 obyekt tekshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:51

    Toshkentda 28 obyekt tekshirildi

    Ular orasida madaniy meros obyektlariga e'tiborsizliklar bo'lgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:33

    'Qo‘shni davlatdan 24 kilodan ortiq “gashish” olib kirishga urinish bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:11