AsosiyJamiyat

Namanganda oila ichidagi zo‘ravonlik yuzasidan tekshiruv boshlandi

Hozirda voyaga yetmagan bolalarning ruhiy va jismoniy holati o‘rganilmoqda.

'Namanganda oila ichidagi zo‘ravonlik yuzasidan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Namangan shahri “Nurafshon” mahallasida 16 iyul kuni ro‘y bergan fuqarolik janjali ortidan ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalar boshlandi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, fuqaro A.T. o‘z yaqinlariga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir etgan.

Voqea chog‘ida u mast holatda bo‘lgan. Holat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Ayni paytda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan holatga aloqador oila a’zolari, ayniqsa voyaga yetmagan bolalarning ruhiy va jismoniy holati o‘rganilmoqda.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha axborotlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar