AsosiyBu qiziq

Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

Respublikaning ayrim hududlarda harorat 45 darajagacha issiq bo‘ladi.

'Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

“O‘zgidromet” bugun, 22 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 26-31 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 31-37 daraja issiq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:23

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.

    'Bugun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.04.2026 02:16

    Bugun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi

    Bunga “O‘zgidromet” e’lon qilgan ob-havo prognozida keltirilgan.

    'Shekspirning Londondagi uyi joylashuvi aniqlandi'ning rasmi

    Bu qiziq 19.04.2026 14:44

    Shekspirning Londondagi uyi joylashuvi aniqlandi

    Tadqiqotchilar mashhur yozuvchining poytaxtdagi yagona mulki qaerda bo‘lganini aniqlandi.

    'Bugun ob-havo qanday?'ning rasmi

    Bu qiziq 19.04.2026 03:05

    Bugun ob-havo qanday?

    "O'zgidromet" ob-havo prognozini ma'lum qildi.

    'Jahon chempionati chiptalari narxi qancha?'ning rasmi

    Bu qiziq 18.04.2026 10:56

    Jahon chempionati chiptalari narxi qancha?

    FIFA rahbari JCH chiptalari narxi bo‘yicha izoh berdi.

    'Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul to‘lashni taklif qildi'ning rasmi

    Bu qiziq 18.04.2026 03:51

    Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul to‘lashni taklif qildi

    Milliarderning fikricha, robototexnika va sunʼiy intellekt rivoji tovar va xizmatlar hajmini keskin oshiradi, shu bois bu jarayon inflyatsiyaga olib kelmaydi.