AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan kirgan shaxslarni vaqtincha saqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishga kirishdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi rejalarga ko‘ra, ICE yirik chodir lagerlarini vaqtincha hibsxonalar sifatida foydalanishga tayyorlamoqda. Ushbu choralar noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish va deportatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Donald Tramp boshchiligidagi prezidentlik ma’muriyati noqonuniy muhojirlarni tezkor deportatsiya qilishdagi asosiy muammo sifatida mavjud saqlash joylarining yetishmasligini ko‘rsatmoqda. Shu bois, 2025 yil oxirigacha vaqtincha saqlash markazlaridagi umumiy o‘rinlar soni 100 mingga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Hozirda AQSH hududida 200 dan ortiq immigratsiya hibsxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi xususiy pudratchilar tomonidan boshqariladi. ICE ma’lumotlariga ko‘ra, har bir muhojirning kunlik saqlanish xarajati 150–200 dollar atrofida.
Yangi chodir lagerlari asosan Texas va Arizona kabi janubiy chegaraga yaqin hududlarda tashkil etilishi mumkin. Tramp ma’muriyati ushbu tizimni 2025-yilgi saylovlarda g‘alaba qozonilsa, immigratsion siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida amalga oshirish niyatida.