Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov Rossiyaga kelasi hafta muzokara guruhlari navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish taklifini berdi, dedi Prezident Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoq orqali.
Ma’lumotni “RIA Novosti”ning RF muzokara guruhidagi manbasi ham tasdiqlagan. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Moskva anchadan beri muloqotga tayyor, Kiyev ishorasi esa tadbir sanasi tez orada aniqlanishiga umid beradi.
Tomonlar hozirgacha Istanbulda ikki marta uchrashuv o‘tkazdi. Natijada o‘zaro asirlar almashildi, halok bo‘lgan askarlar topshirildi. Shuningdek, Moskva va Kiyev mojaroni hal qilish bo‘yicha memorandum loyihasini ham almashgan.