Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilishga start berilgan:
- xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan;
- O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
- xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.
Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish bugun, 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.