AsosiyJamiyat

Toshkentda narkotik tarqatgan dorifurush qo‘lga tushdi

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Toshkentda narkotik tarqatgan dorifurush qo‘lga tushdi'ning rasmi

Poytaxt Toshkentda yoshlarga dori sotib, pullab yurgan dorifurush qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX Darakchi.uz'ga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16249 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, u muqaddam Telegram messenjeri orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu dori vositalarini olib, kelgusida mijozlarga sotganidan so‘ng, narkosavdogarga 16 ming AQSH dollari berishi kerak bo‘lgan.

 

“Zardeks” dori vositalari tarkibida “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 818-son qaroriga muvofiq, “Pregabalin” moddasi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar turkumiga kiradi.

Hozirda dorifurush fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakati olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 14.07.2025 09:30

    Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi

    Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi.

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.07.2025 09:11

    Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

    Yong‘inni bartaraf etish uchun 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan.

    'Toshkentda MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 16:09

    Toshkentda MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar ushlandi

    Ular fuqarolarga xarid qilingan avtomashinalarni nomiga o‘tkazib bermaganlikda ayblanmoqda.

    'Surxondaryoda ikki hayvonni ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 14:56

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    Ular ovlagan ikki bosh burama shoxli echki "Qizil kitob"ga kiritilgan bo‘lgan.

    'Farg‘onada Lacetti haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 12:51

    Farg‘onada Lacetti haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

    Hodisa oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

    'Poytaxtda YPX xodimi mototsiklchi qiz bilan poyga o‘ynadi'ning rasmi

    Jamiyat 13.07.2025 11:36