AsosiyDunyo

Rossiyalik bemorning oshqozonidan 27 ta zajigalka olib tashlandi

Bemor bu jihozlar oshqozoniga qanday tushib qolgani haqida izoh bermagan.

'Rossiyalik bemorning oshqozonidan 27 ta zajigalka olib tashlandi'ning rasmi

Rossiyaning Tuva Respublikasi, Qizil shahridagi tibbiyot muassasasida shifokorlar 56 yoshli erkak bemorning oshqozonidan 27 dona zajigalka va 1 dona tangani olib tashlashdi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Begona jihozlar bemorning oshqozonida kompyuter tomografiyasi orqali aniqlangan. Jarayon yakunida bemor umumiy behushlik ostida endoskopik usulda operatsiya qilingan. Operatsiyada endoskopiya bo‘limi xodimlari va anesteziologlar ishtirok etgan.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu holat tibbiyot amaliyotida kam uchraydigan va e’tiborga molik operatsiyalardan biri hisoblanadi. Xususan, shuncha miqdordagi begona jihozlarni jarrohlik aralashuvisiz olib tashlash – noyob tajriba sifatida baholangan.

Bemor esa zajigalkalar va tanga oshqozoniga qanday kirib qolgani bo‘yicha hech qanday tushuntirish bermagan.

    Boshqa yangiliklar