Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va mototsikl haydovchisi poyga o‘ynagani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Videoda YPX xodimi o‘z xizmat mashinasini Toshkent ko‘chalarida katta tezlikda boshqarganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mototsikl haydovchisining hujjatlarida kamchilik bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, mototsikl haydovchisi qoidabuzarligi uchun jarima maydonchasiga mototsiklni o‘zi boshqarib olib borgan.
“YHXB yo‘l- patrul inspektori mototsikl haydovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va mototsikl jarima maydonidan joy olgan,” deyiladi xabarda.