Holat bo‘yicha Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 11 iyul kuni soat 18:06 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor 3-dahasidagi 1-uy oldida ochiq maydonda quruq o‘t va daraxt shoxlari yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:13 da yetib borgan va yong‘in soat 18:23 batamom o‘chirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida ochiq maydonda quruq o‘t, daraxt to‘sinlari, shoxlari yongan hamda “Lasetti” va “Spark” avtotransport vositalarining yon kuzov qismi issiqlik ta’sirida kuygan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.