AsosiyDunyo

Putin Zeleniskiy bilan uchrashmoqchimi?

Rossiya yetakchisi Ukraina bilan uchinchi raund muzokaralarni, hatto yetakchilar darajasida ham o‘tkazishga tayyor.

'Putin Zeleniskiy bilan uchrashmoqchimi?'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa rasmiylar Ukraina bilan uchinchi raund muzokaralarni, hatto yetakchilar darajasida ham o‘tkazishga qarshi emas. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida e’lon qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina uchun tinchlikka eng yaqin bo‘lgan payt Istanbuldagi muzokaralar edi. Rossiya hozirda muzokaralarning uchinchi raundiga tayyor va qarshi tomonning javobini kutmoqda.

 

Rahbarlar uchrashuvi bilan bog‘liq yangilik shuki, avvalgiga nisbatan hamma, jumladan, janob Putin ham hozirgi suhbatdoshlari bilan uchrashishda muammo ko‘rmayapti. Janob Tramp, Putin va Zelenskiy bizning prezidentimiz mezbonligida uchrashishida muammo yo‘q, dedi Fidan.

 

Istanbul nimalarga guvoh bo‘ldi?

 

2025 yil 16 may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Turkiya ishtirokida uchrashuv o‘tkazgan. Bu 2022 yildan beri ikki davlat o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara bo‘lgan. Mazkur uchrashuv oldidan Putin to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgan.

 

Bunga javoban Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini tasdiqlagan va 15 may kuni Putinni Turkiyada shaxsan kutishini aytgan. Ukraina prezidenti bergan va’dasi ustidan chiqib, muzokaralar uchun Istanbulga tashrif buyurgan. Biroq Rossiya prezidenti muzokarlar uchun Turkiyaga bormagan.

 

28 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ishtirokida Putin bilan uchrashishga tayyorligini bildirgan. Biroq iyul oyiga kelib, bunday uchrashuv hali amalga oshgani yo‘q.

 

2 iyun kuni Istanbulda muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda asirlar va halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Turkiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari prezidentlar darajasidagi uchrashuv zarurligini ta’kidlagandi.

    Boshqa yangiliklar