AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 33 yoshli ayolni xorijga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi

Ayol aeroportda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

'Toshkent viloyatida 33 yoshli ayolni xorijga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan ayol oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan Sergeli tumanida yashovchi 33 yoshli ayolni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Rossiyaning Moskva shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, odam savdosi jinoyatini sodir qilgan shaxslar 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar