AsosiyDunyo

Boku endi Rossiya bilan “kamtar sherik” rolini o‘ynamoqchi emas

Rossiya va Ozarbayjon ziddiyatida nimalar bo‘layapti?

'Boku endi Rossiya bilan “kamtar sherik” rolini o‘ynamoqchi emas'ning rasmi

So‘nggi paytlarda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchayib bormoqda. Ekspertlar fikricha, hozirgi qarama-qarshilik darajasi yarim yil avvalgidan ham yuqoriroq.

Ayniqsa, “AZAL” aviakompaniyasining Boku–Grozni yo‘nalishidagi samolyoti Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgani aytilayotgan hodisadan so‘ng vaziyat yanada keskinlashgan.

Rasmiy jihatdan Ozarbayjon Rossiyaning “kichik ittifoqchisi” sifatida qaraladi. Lekin Boku endi bu maqomga rozi emas. "Ozarbayjon endi Rossiya bosimiga bo‘ysunmaydigan, mustaqil o‘yinchi sifatida harakat qilmoqda", — deydi Kennan instituti eksperti Maksim Trudolyubov.

Statistika ham buni tasdiqlaydi:

Rossiyaning Ozarbayjon bilan savdo aylanmasi 10 foizdan yuqori.

Ammo Ozarbayjonning Rossiya bilan savdosidagi ulushi atigi 0,6 foiz. Ya’ni, iqtisodiy jihatdan ko‘proq Rossiya Ozarbayjonga muhtoj.

Ayniqsa, Rossiya uchun Boku bilan aloqalar sanksiyalar fonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Ozarbayjon ikki maqsadli (harbiy va fuqarolik) mahsulotlar tranzitida vositachi rolini o‘ynaydi.

Shuningdek, u Rossiyaning Eron va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan savdosida tranzit nuqtasi hisoblanadi.

Energetika sohasidagi hamkorlik ham ziddiyat markazida: yil boshida Ozarbayjon Yevropaga gaz eksportini oshirib, ichki ehtiyoj uchun Rossiyadan gaz xarid qilish variantini muhokama qilgan edi. Hatto Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bu tashabbusga rozilik bildirgan.

Barcha bu muammolarga qaramay, ikki davlat aloqalarni uzib yuborishi ehtimoldan yiroq. Biroq Boku tomonidan bildirilayotgan keskin pozitsiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, Moskva endi shartlarni biryoqlama belgilay olmaydi.

Analitiklar fikricha, bu voqea Kavkaz mintaqasidagi geosiyosiy kuchlar muvozanatining o‘zgarayotganini anglatadi. Ozarbayjon tobora mustaqil va qat’iy siyosiy kursga o‘tmoqda.

    Boshqa yangiliklar