AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda

Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi.

'O‘zbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda'ning rasmi

Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha o‘quvchilar bo‘lishi ko‘zda tutilgan. O‘quvchilar shunchaki xattotlik bilangina shug‘ullanibgina qolmay, yozuv tarixi, o‘zbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, G‘arb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat san’ati bilan tanishuv kabi fanlarni o‘zlashtiradi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tgan ilmiy kengash yig‘ilishida ushbu maktabni tashkil qilinishi va faoliyati taqdimot qilindi.

 

Kitobat san’ati Sharq mamlakatlari, xususan, yurtimiz hududida o‘ziga xos yo‘nalishda tadrijiy taraqqiy etgan, qadimiy va bebaho san’atdir. Bu yo‘nalishda ajdodlarimiz ko‘chirgan qo‘lyozma asarlar betakror husnixati, islimiy naqshlari, tilla suvi bilan sayqallangani qariyb 1000 yil muqaddam ham xos kishilarning hayratiga sazovor bo‘lgan.

 

Bugungi kunga kelib kitoblar bosmaxonalarda bir paytning o‘zida minglab, millionlab nusxada nashr qilinsa-da, qo‘l mehnatining, ayniqsa, xattotlik san’atining o‘rni hanuzgacha beqiyosdir. Quvonarlisi, ajdodlarimizning merosini asrab-avaylash bilan bir qatorda, bu yo‘nalishda yosh shogirdlarni o‘qitish imkoniyati yaratilmoqda.

 

Madaniy merosni tiklash, yosh avlodni ma’naviy ruhda tarbiyalash, xattotlik san’atini xalqaro darajada tanitish, O‘zbekistonning jahon madaniy markazlaridan biri sifatida rivojlantirish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tasarrufida Xalqaro xattotlik va kitobat san’ati maktabi tashkil qilinmoqda. 

Maktab faoliyati Buyuk Britaniya qirollik jamg‘armasi huzuridagi An’anaviy san’at turlari maktabi, UNESCO, Islom hamkorlik tashkiloti, IRCICA (Turkiya), Tehron Xattotlik markazi (Eron), Muhammad ibn Salmon markazi (Saudiya Arabistoni), Sharja markazi (BAA) kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi.

Yosh bo‘yicha: 6-12 yoshlilar guruhi (boshlang‘ich malumot), 13-24 yoshlilar guruhi (davomchilar), 25 yoshdan yuqori (mahoratga erishish, soha magistrlarini tayyorlash) guruhlariga bo‘linadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha o‘quvchilar bo‘lishi ko‘zda tutilgan. O‘quvchilar shunchaki xattotlik bilangina shug‘ullanibgina qolmay, yozuv tarixi, o‘zbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, G‘arb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat san’ati bilan tanishuv kabi fanlarni o‘zlashtiradi. E’tiborlisi, darslarning amaliyotda qo‘llanishiga alohida e’tibor beriladi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tgan navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishida ushbu maktabni tashkil qilish va faoliyati haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:21

    “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Adliya vazirligi ushbu taomni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kirg‘izdi.

    'Zangiotada sifatsiz dori vositalari  savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:52

    Zangiotada sifatsiz dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:13

    'Turkmanistonda zilzila bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:48

    Turkmanistonda zilzila bo‘ldi

    Ammo zilzila ta’siri qay darajada O‘zbekistonga sezilgani ochiqlanmadi.

    'O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi'ning rasmi

    Jamiyat 02.07.2025 18:28

    O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi

    Onlayn taksi agregatorlari orqali 430 mingdan ortiq haydovchi aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda.

    'Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan qulab tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 02.07.2025 16:13

    Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan qulab tushdi

    Batafsil ma’lumotni tez orada “Darakchi.uz”ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.