AsosiyDunyo

Ozarbayjonda rus tilidagi maktablar yopiladi(mi?)

Rasmiy manbalar buni tasdiqlamadi, ammo inkor ham qilmadi.

'Ozarbayjonda rus tilidagi maktablar yopiladi(mi?)'ning rasmi

Ozarbayjonda rus tilidagi maktablar yopilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Ozarbayjonning Oxu nashri xabariga ko‘ra, mamlakat hukumati Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashuvi ortidan rus tilidagi maktablarni yopishga qaror qilgan. Jurnalistlar maktablarning WhatsApp chatlarida tarqalgan bildirishnomalarga tayanmoqda.

Ta’kidlanishicha, Ozarbayjon maktablarida rus tilida o‘qitish uch yil ichida bosqichma-bosqich to‘xtatiladi. "Ushbu qaror Ozarbayjon tilining asosiy ta’lim tili sifatidagi mavqeini mustahkamlash va barcha fuqarolarni yagona ta’lim muhitiga integratsiyalashga qaratilgan", deyiladi nashr xabarida.

Xuddi shunday qaror oliy o‘quv yurtlarida rus tilidagi ta’limni to‘xtatish to‘g‘risida ham qabul qilindi, deb yozdi Oxu. Yangi o‘quv yilidan boshlab o‘qitish faqat Ozarbayjon va ingliz tillarida olib boriladi, shuning uchun barcha rusiyzabon talabalar 20 avgustgacha Ozarbayjon tilidan imtihon topshirishi kerak.

Meduza nashrining ta’kidlashicha, Ozarbayjondagi rus maktablarining yopilishi haqidagi ma’lumotlar soxta xabarlarni chop etishga ixtisoslashgan "Imperiya ochen zla" satirik Telegram-kanalida tarqalgan. Tegishli eslatma 30 iyun kuni kanalda paydo bo‘lgan. "Ogoh bo‘ling, soxta va qo‘pol kinoya bo‘lishi mumkin. Yozilganlar fantastika, barchasi tasodif", deyiladi kanal tavsifida.

Shunga qaramay, Rossiyaning RBK agentligi Ozarbayjon ta’lim muassasalaridan biridagi manbadan rus maktablarining yopilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Ommaviy axborot vositalarining so‘roviga javoban Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi maktab va universitetlarda rus tilida ta’lim to‘xtatilishi haqidagi savolga javob bermadi va davlat ta’lim siyosati haqidagi yangiliklarni faqat rasmiy manbalardan izlash shartligini eslatdi.

Qayd qilinishicha, ayni paytda Ozarbayjonda 340 ta rus tilidagi maktab mavjud (shundan 16 tasi faqat rus tilida ta’lim beradi). Bunday maktablarda jami 150-160 ming o‘quvchi ta’lim oladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 11:10

    Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi

    Vengriya Xalqaro jinoiy sud aʼzosi sifatida qidiruvdagi shaxs mamlakat hududiga kirsa, uni qoʻlga olishi mumkin.

    'Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 09:50

    Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?

    Ukraina tomoniga ko‘ra, markaziy osiyoliklar asosan piyoda qo‘shin sifatida, eng xavfli yo‘nalishlarga yuborilmogda.

    'Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 08:42

    Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

    DP World va Donald Trump bilan bog'liq "Tinchlik Kengashi" vakillari G'azo sektorida ta'minot zanjiri va infratuzilma loyihalarini boshqarish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.

    'Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 07:03

    Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi

    Endilikda aholi uy qurishdan oldin mahalliy masjid imomlari va jamoat vokillaridan ruxsat olishi belgilangan.

    'Yaponiya siyosatida katta o‘zgarish yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 06:19

    Yaponiya siyosatida katta o‘zgarish yuz berdi

    Yaponiya hukumati o‘limga olib keluvchi qurollar eksportiga qo‘yilgan uzoq yillik taqiqni bekor qildi.

    'Abdulqodir Husanov CIES tahligiga ko‘ra U23 eng yaxshilar qatorida'ning rasmi

    Dunyo 20.04.2026 16:22

    Abdulqodir Husanov CIES tahligiga ko‘ra U23 eng yaxshilar qatorida

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Manchester City himoyachisi yosh futbolchilar reytingida top-20 ga kirdi.