AsosiyJamiyat

Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi

Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi.

'Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi'ning rasmi

“Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-105-son, 26.06.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Farmonga ko‘ra, pensiya va g‘aznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  •  g‘aznachilik va pensiya ta’minoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish;
  •  fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron va proaktiv shaklga o‘tkazishga erishish.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.

 2026 yil 1 dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:

  •  fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;
  •  pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar