AsosiySiyosat

Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident yoshlar bilan uchrashuvida yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi.

'Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvida yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qilib, mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

"Albatta, yoshlarning tilini yoshlar tushunadi, ular bir-biridan o‘rnak oladi, bir-biriga motivatsiya beradi. Shu bois, 9 mingdan ziyod mahallada yoshlar yetakchilarini tayinladik. Ular uch yil davomida ko‘p narsani o‘rgandi, yetarli tajriba orttirdi. Endi, ular maktab, texnikum, til va kasb markazlari bilan ham ishlashni o‘rganishi kerak", — dedi prezident uchrashuvdagi nutqida.

Davlat rahbari mahallalarda 167 ming nafar uyushmagan yoshlar, tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik qilgan 17 ming o‘quvchi borligi barchani o‘ylantirishi kerakligini qayd etdi va yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi.

"Mahalladagi tinchlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, sog‘lom muhit kimga bog‘liq? Avvalo, sizlarga bog‘liq. Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak. Shuning uchun, har bir bola haqida, uning taqdiri, kelajagi haqida avvalo sizlar ko‘proq qayg‘urishingiz lozim", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari bolaning yomoni bo‘lmasligini aniq tushunib olish zarur ekanini qo‘shimcha qildi.

"Ularga kattalarning mehri, imkoniyatlarini namoyon qilish uchun sharoit, o‘ziga ishonch bo‘lishi uchun motivatsiya kerak", — dedi u.

Prezident bunga Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi a’zolari — 108 nafar "chempion" tadbirkor o‘zining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga qiziqtirayotgani misol qilib keltirdi. Shavkat Mirziyoyev bu o‘quvchilarning aksariyati kelajakda hayotini qaysi kasbga bog‘lash haqida aniq tasavvurga ega bo‘layotganini aytdi.

"Bunday tashabbuskor, fidoyi, vatanparvar tadbirkorlar — mening qanotlarim. Ayting, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yetaklash, ishli va daromadli qilish uchun sizlarga yana qanday sharoit qilib beray? Katta-katta tadbirkorlarimiz hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib bersalar, bularni barchasini ko‘rib chiqishga tayyorman", — dedi prezident.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Siyosat 30.06.2025 14:10

    Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev

    "Bu ishlar "kampaniyabozlik“ bo‘lmasligi zarur", "ana shunda Yangi O‘zbekistonda uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi",– Davlat rahbari.

    '"Proteksionizm va sanksiyalarning kuchayishi, xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishini his qilyapmiz"'ning rasmi

    Siyosat 27.06.2025 18:28

    "Proteksionizm va sanksiyalarning kuchayishi, xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishini his qilyapmiz"

    Shavkat Mirziyoyev Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Belarusga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 26.06.2025 16:58

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga jo‘nab ketdi

    Tashrif ko‘zlangan maqsad nima?

    'Mirziyoyev Mo‘g‘uliston yetakchisi bilan nimani kelishib oldi?'ning rasmi

    Siyosat 25.06.2025 15:40

    Mirziyoyev Mo‘g‘uliston yetakchisi bilan nimani kelishib oldi?

    Ikki davlat rahbari keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

    'O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi'ning rasmi

    Siyosat 24.06.2025 20:36

    'O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat 24.06.2025 18:14