AsosiyJamiyat

1 iyuldan boshlab Toshkentdan Tel-Avivga reyslar qatnovi tiklanadi

Avvalroq, Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo‘nalishidagi reyslar vaqtincha to‘xtatilgandi.

'1 iyuldan boshlab Toshkentdan Tel-Avivga reyslar qatnovi tiklanadi'ning rasmi

Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshirilishni boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” xabar berdi. 

“2025 yilning 1 iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Isroilning Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli joriy yilning 16 iyunidan 30 iyunigacha Toshkent – Tel-Aviv– Toshkent yo‘nalishidagi reyslar vaqtincha to‘xtatilgandi.

    Boshqa yangiliklar