Ma’lum qilinishicha, A-373 “Toshkent-O‘sh“ avtomobil yo‘lining “Qamchiq“ dovonidan o‘tgan qismida “Toshkent-Vodiy“ yo‘nalishida harakatlangan “BYD” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida “Qamchiq“ maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus texnik asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.